Infografika

O'zbekiston Respublikasida 2022-yilning 1-choragida ko'rsatilgan transport xizmatlari tahlili

O'zbekiston Respublikasida 2022-yilning 1-choragida ko'rsatilgan transport xizmatlari tahlili

2022-yilning 1-choragi yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 73 774,2 mlrd soʻmni tashkil etgan. Ttransport xizmatlari iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha koʻrsatiladigan bozor xizmatlari tarkibida savdo va moliyaviy xizmatlardan keyin uchinchi oʻrinni egallagan (20,9%).

Avtomobil transporti transport xizmatlari orasida eng katta ulushga ega (55%). Undan keyingi o‘rinlarni temiryoʻl transporti (13,5%), quvurlar orqali yetkazish (12,1%) va havo transporti (8,8%) egallagan.

Respublika hududlari bo‘yicha transport xizmatlarining umumiy hajmida eng katta ulush Toshkent shahri – 2 644,5 mlrd soʻm (25,6%), Toshkent viloyati – 1 176,2 mlrd soʻm (11,4%) va Samarqand viloyati – 1 013 mlrd soʻm (9,8%) ga toʻgʻri keladi. Eng past koʻrsatkichlar Navoiy – 290,8 mlrd soʻm (2,8%), Jizzax – 236,7 mlrd soʻm (2,3%) va Sirdaryo – 154 mlrd soʻm (1,5%) viloyatlarida kuzatilgan.

2022-yilning 1-choragida transport xizmatlarining umumiy eksportida eng katta ulush quvur liniyalarining hissasiga toʻgʻri kelgan (171 323,4 ming АQSh dollari). Undan keying o‘rinlarni temiryoʻl transporti (99 160,5 ming АQSh dollari), havo transporti (66 282,5 ming АQSh dollari) va avtomobil transporti (5 714,3 ming АQSh dollari) egallagan. Temiryo‘l va avtomobil transportida ko‘rsatilgan xizmatlar eksporti hajmi o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan kamaygan. Bunga sabab shu davrda jahonda yuzaga kelgan iqtisodiy-siyosiy holatdir.