2021 yil birinchi yarim yilligi yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining yalpi ichki mahsuloti 318,5 trln. so‘mni tashkil etdi. 2020 yilning mos davriga nisbatan YaIM hajmi 6,2% o‘sdi. YaIM deflyatori sezilarli darajada pasaydi va 2021 yilning 6 oyi yakunlariga ko‘ra 12,6% tashkil etdi.
Aholi jon boshiga YaIM hajmi 9175,4 ming so‘mni tashkil etdi. 2020 yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan o‘sish sur’ati 4,2 foizni tashkil etdi.
2019-2021 yy. yanvar-iyun oylarida tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibida sanoat (0,3 f.p.) va qurilishning (0,2 f.p.) ulushi qisqardi. Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 0,5 f.p. oshgan bo‘lsa, xizmatlarning ulushi o‘zgarishsiz qoldi.